Bugun 30 mart, 2023 yil, payshanba

КИР

XOQ ukrainalik amaldorlarning tanqidiga munosabat bildirdi

XOQ ukrainalik amaldorlarning tanqidiga munosabat bildirdi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Rossiya va Belarus sportchilarining Olimpiadaga qo‘yilishi bo‘yicha Ukraina amaldorlarining tanqidiga o‘z munosabatini bildirdi.

"XOQ bu va har qanday yolg‘on bayonotlarni rad etadi. Ular har qanday muhokama uchun asos bo‘lib qolmasligi kerak", - deyiladi XOQ bayonotida.

Avvalroq XOQ Belarus va Rossiya sportchilarining Fransiya poytaxtida to‘rt yillikning asosiy startida chiqishlari mumkinligi haqida bayonot e’lon qilgan edi. Tashkilot rahbari alohida sportchilar mamlakatlari ziddiyatli bo‘lsa ham, ularni kamsitmaslik kerakligini ta’kidladi.

Ukraina rasmiylari bu holatda ularning mamlakati Parijdagi o‘yinlarni boykot qilishini aytdi.

Kiritildi: 21:21 31.01.2023. O'qildi: 3051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!