Bugun 12 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

XOQ rahbari lavozimiga nomzodlar taqdimoti qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

XOQ rahbari lavozimiga nomzodlar taqdimoti qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) a’zolari 2025 yil 30 yanvar kuni Lozannadagi Olimpiya uyida qo‘mita prezidentligiga nomzodlar dasturi taqdimoti va navbatdan tashqari sessiya uchun yig‘iladi, deya xabar beradi Olympics.

Uchrashuv XOQ a’zolariga yetti nafar nomzodning dasturlari bilan tanishish imkoniyatini beradi. Saylovlarning o‘zi XOQ sessiyasi doirasida 2025 yil 18 martdan 21 martgacha Gresiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, shu kuni XOQ a’zolari navbatdan tashqari sessiyaga yig‘iladilar, unda 2028 yilgi o‘smirlar qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish joyi bo‘yicha ovoz berish marosimi o‘tkaziladi.

Avvalroq XOQ tashkilot prezidenti lavozimiga nomzodlar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Bu lavozimga da’vogarlar: Sebastyan Kou, Morinari Vatanabe, David Lapartyan, Yoxan Eliash, Xuan Antonio Samaranch - kichik, Feysal al-Xuseyn, Kirsti Koventri.

Kiritildi: 20:55 11.10.2024. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!