Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xonanda Shakira oltita jinoyatda ayblanmoqda

Xonanda Shakira oltita jinoyatda ayblanmoqda

Xonanda Shakira Ispaniyada 13 million funt sterling miqdorida soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, sudga tortilishi mumkin, deb xabar berdi Daliy Mail gazetasi.

Ispaniya prokuraturasi 44 yoshli qo‘shiqchini oltita jinoyatda ayblamoqda, agar sudlansa, qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.

Prokuratura Shakira 2012, 2013 va 2014 yillarda Ispaniyada soliq to‘lashni to‘xtatgan deb da’vo qilmoqda.

Shakira o‘sha yillarda Bagamada yashaganini va Ispaniyaning doimiy yashovchi fuqarosi bo‘lmaganini, balki mamlakatga faqat "vaqti-vaqti bilan" tashrif buyurganini aytgan.

Sudya Shakirani 14,5 million yevro soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblab sudga tortish uchun "asoslar" mavjud degan xulosaga keldi.

Qayd etilishicha, Shakira Barselona sudiga murojaat qilishni rejalashtirmoqda. So‘roq paytida qo‘shiqchi o‘zining aybsiz ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: 15:01 29.07.2021. O'qildi: 3469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!