Iqtidorli xonanda Lola Ahmedova marhum jurnalist Bobur Komilovni yodga oldi.
"Barcha narsa ketib kaĭtib kelmaĭdi. Faqat duo umid bilan ketib, tuhfa bilan qaĭtib keladi! Siz umid va ishonch bilan, eĭ Robbim, desangiz bas!
Seni qanchalar yaxshi ko‘rardik... Doimo qalbimizda yashaysan, Boburjon! Oxirating obod bo‘lsin, ilohim", deb yozdi xonanda instagramdagi sahifasida".
Ma’lumot uchun, taniqli tele va radio boshlovchi, so‘nggi yillarda BMTning O‘zbekistondagi Axborot ofisi rahbari Bobur Komilov uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgandi.
Bobur Komilov «Yoshlar» telekanalidagi «Davr» yangiliklar dasturi, Uzbekistan Today gazetasida faoliyat ko‘rsatgan, radiodasturlar muallifi edi. Londondagi Siti universiteti magistraturasini (xalqaro jurnalistika) tamomlagan.