O‘z vaqtida O‘zbekiston san’atkorlari orasida mashhur bo‘lgan Larisa Moskalyova ayni kunda AQSh da istiqomat qilmoqda. Xonandaning oilasi va ikki qizi bor. Larisa Moskalyova 1974 yilning 28 sentyabrida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Yoshligida musiqa maktabini tamomlab, so‘ngra Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat madaniyat institutining rejissyorlik fakultetida tahsil olgan.
Larisa o‘zining xonanda sifatidagi professional faoliyatini 1992 yilda boshlagan. Faoliyati davomida o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida ko‘plab qo‘shiqlar ijro etgan. U «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist» va «Qoraqalpog‘iston xalq artisti» unvonlariga sazovor bo‘lgan.
Larisa Moskalyovaning «Kukushka», «Marvarid», «Leyla», «Reyxan», Tanovor», «Tashkent», «Dodorakam», «Angel», «Yuragim» kabi ko‘plab qo‘shiqlari muxlislar qalbidan chuqur joy olgan. Ayniqsa uning «Dugonalar» qo‘shig‘i hozirgacha omma orasida mashhurligi bilan ahamiyatli.
Manba: zamin.uz