Yig‘ilishda uy-joylarni saqlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Joylardagi boshqaruv kompaniyalarining faoliyati ko‘p hollarda qoniqarsizligi, 20 mingta ko‘p qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi ekani qayd etildi.
Boshqaruv kompaniyalari va shirkatlarning qaytarilmagan krediti va debitor qarzdorligi bilan bog‘liq muammolar mavjud.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga boshqaruv kompaniyalari faoliyatini sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish topshirildi.
Umuman, elektr, gaz, suv, issiqlik, chiqindi, “kvartplata”, soliq to‘lovlari bo‘yicha xonadonning yagona billing hisob-raqamini joriy qilish vaqti kelgani qayd etilib, xorijiy tajriba asosida tegishli takliflarni ishlab chiqish topshirildi.