Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xonadondan sandiq ichida bo‘lgan 11.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxs fosh bo‘ldi

A A A
Xonadondan sandiq ichida bo‘lgan 11.000.000 so‘m pullarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxs fosh bo‘ldi

Oltiariq tumanida fuqaro S.S IIBga murojaat qilib, unda 14 yanvar kuni noma’lum shaxs Shalola mahalla hududida yashovchi S.S.ning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadoni yotoqxonasi sandig‘ida bo‘lgan 11.000.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.

Kiritildi: 11:18 09.02.2023. O'qildi: 1564 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!