Eron oliy rahbari Mojtabo Xominaiy Turkiya va O‘monda yuz bergan hujumlarga Tehronning aloqasi yo‘qligini bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur voqealar Eron Islom Respublikasi va qo‘shni davlatlar o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga qaratilgan provokasiya hisoblanadi.
Xominaiy buni “soxta bayroq” taktikasi deb atab, bunday harakatlarda Isroilni aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi hodisalar boshqa davlatlarda ham takrorlanishi mumkin.
Tehron rasmiylari ushbu holat ortidan mintaqadagi vaziyat yanada keskinlashishi mumkinligini istisno etmadi.