Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Hizbulloh rahbari halok bo‘lgani haqidagi da’volar ortidan kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilgan joyga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda Reuters.
Kecha kechqurun Xamanaiy Isroilning Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohga zarba bergani ortidan Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashini o‘z uyida chaqirishini aytdi.
Eron oliy rahnamosining maslahatchisi Ali Larijoniyning aytishicha, Isroil «Tehronning qizil chiziqlarini kesib o‘tmoqda va vaziyat jiddiylashmoqda»: «Qarshilik yetakchilarining o‘ldirilishi bilan ularning o‘rnini boshqa odamlar egallaydi. Isroil muammosini terror bilan hal qilib bo‘lmaydi. To‘g‘rirog‘i, Livan xalqi sionistlarga qarshi borgan sari qat’iyatli bo‘lib bormoqda».
O‘tgan hafta boshida Eron Inqilobiy gvardiyasi qo‘mondoni Husayn Salami Livandagi ommaviy peyjer portlashlaridan so‘ng Isroilga «qarshilik o‘qidan qattiq javob berish»ga va’da bergan edi.