Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Xomanaiy vorislarini tayyorlamoqda

Xomanaiy vorislarini tayyorlamoqda

Eron Oliy rahbari Ali Xomanai Isroil tajovuzi oqibatida o‘ldirilishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda The New York Times nashri eronlik amaldorlar orasidagi manbalarga tayaniga holda xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Xomanai allaqachon uch nafar ehtimoliy voris nomzodini belgilab qo‘ygan. Ilgargi taxminlarga zid ravishda, bu ro‘yxatda uning o‘g‘li Mojtabo Xomanai yo‘q. Mojtabo KXIR (Islom inqilobi muhofizlari korpusi) bilan yaqin aloqalarga ega bo‘lishiga qaramay, Oliy rahbar boshqa nomzodlarni tanlagan.

NYT suhbatdoshlarining aytishicha, Xomanai o‘z hayotiga tahdid shunchalik jiddiy deb biladiki, so‘nggi kunlarda mustahkamlangan bunkerdan chiqmayapti. U barcha elektron aloqa kanallarini uzib qo‘ygan va yaqin harbiy qo‘mondonlar bilan faqat ishonchli vositachi orqali muloqot qilmoqda. Voris masalasi bilan birga, u yuqori lavozimli amaldorlar halok bo‘lsa, ularning o‘rnini bosadigan alternativ tayinlovlarni ham tayyorlab qo‘ygan.

Nashr ta’kidlashicha, eronlik siyosiy elita turli ssenariylarga, jumladan AQShning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. NYT xabariga ko‘ra, Xomanai hokimiyatni tez va nazorat ostida topshirish uchun harakat qilmoqda. Oliy rahbarni tayinlash vakolatiga ega bo‘lgan Mutaxassislar Assambleyasiga qisqa muddat ichida uch nomzoddan birini tanlash vazifasi yuklatilgan.

Shu bilan birga, Eron hukumati mamlakat ichida diversiya faoliyati borligini ma’lum qildi. Ularning aytishicha, Eron hududida Isroil agentlari va mahalliy hamkorlar faoliyat yuritmoqda, ular energetika va mudofaa ob’ektlariga dronlar orqali hujum uyushtirmoqda.

Shu munosabat bilan Eron Razvedka vazirligi zudlik bilan maxsus ko‘rsatmalar chiqardi. Yuqori martabali amaldorlarga mobil telefonlar va boshqa elektron aloqa vositalaridan foydalanish taqiqlangan. Rahbarlarga vaqtincha yer osti boshpanalarida qolish buyrug‘i berilgan.

NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Tehronning asosiy xavotirlari orasida Xomanai o‘ldirilishi, muhim infratuzilmalar – elektr stansiyalari, neftini qayta ishlash zavodlari, to‘g‘onlarga hujumlar va AQShning ehtimoliy harbiy aralashuvi bor.

Kiritildi: 13:25 22.06.2025. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!