Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xolid Mashal XAMASning yangi rahbari bo‘ldi

A A A
Xolid Mashal XAMASning yangi rahbari bo‘ldi

Falastinning HAMAS harakatining xorijdagi vakolatxonasi rahbari Xolid Mashal endi tashkilotga rahbarlik qiladi, deb xabar berdi Trend Livan OAVlariga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu Isroil armiyasi XAMAS siyosiy byurosi rahbari Yahyo Sinvarni o‘ldirganidan keyin sodir bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, Xolid Mashal harakatning vaqtincha rahbari vazifasini bajarib kelmoqda va hozirda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etayotgan asosiy tomonlar bilan barcha aloqalarga mas’ul.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroilning asosiy telekanallari orqali efirga uzatilgan telemurojaati chog‘ida XAMAS harakati endi G‘azo sektorida hukmronlik qilmasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:40 18.10.2024. O'qildi: 2224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!