Juma kuni "Manchester Siti" muxlislarini Erling Xoland haqidagi yangilik bilan xursand qildi.
Norvegiyalik hujumchi klub bilan shartnomasini 2033/2034 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi. Yangi mehnat shartnomasiga ko‘ra, Xolandning maoshi haftasiga 500 ming funt bo‘lishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Hozirgi kurs bo‘yicha yevroga hisoblanganda, bu taxminan 592 ming yevro bo‘ladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Erling taxminan:
- yiliga 30,78 million yevro;
- oyiga 2,525 million yevro;
- kuniga 84 340 yevro;
- daqiqasiga 58,57 yevro;
- soniyasiga 0,98 yevro ishlab topadi.
19 yanvar, yakshanba kuni "Manchester Siti" APL doirasida "Ipsvich" mehmoni bo‘ladi.