Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xoland mavsum boshidan beri APLdagi 11 ta jamoadan ko‘proq gol urdi

Xoland mavsum boshidan beri APLdagi 11 ta jamoadan ko‘proq gol urdi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasining 8-turida "Everton"ga qarshi o‘yinda (2:0) 2 ta gol urdi. Ushbu o‘yindan so‘ng norvegiyalik o‘zining ajoyib ko‘rsatkichini nishonladi.

25 yoshli forvard mavsum boshidan buyon APLDa 11 ta gol urdi. U Premyer-ligadagi 11 ta jamoadan ko‘ra ko‘proq to‘p kiritgan.

Shunday qilib, Holand "Sanderlend" (9 ta gol), "Everton" (9), "Brentford" (9), "Byornli" (9), "Fulxem" (8), "Aston Villa" (8), "Nyukasl" (7), "Lids" (7), "Vest Xem" (6), "Nottingem Forest" (5) va "Vulverxempton" (5) jamoalaridan ko‘proq gol urgan.

"Manchester Siti" APLdagi eng sermahsul jamoa bo‘lib turibdi, "shaharliklar" 8 o‘yinda 17 ta gol urgan. Keyingi o‘rinlarda "Chelsi" (16) va "Arsenal" (15) bor.

Kiritildi: 23:05 20.10.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!