Bugun 10 sentyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xoland Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 7-o‘ringa chiqdi

Xoland Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar orasida 7-o‘ringa chiqdi

Erling Xoland Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yakka holda 7-o‘rinni egalladi.

«Manchester Siti» hujumchisi Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 1-turidan o‘rin olgan «Portu»ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi. Angliya klubi mazkur bahsda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Endi Xolandning Chempionlar ligasidagi natijasi 59 ta o‘yinda 59 ta golni tashkil etmoqda.

Norvegiyalik hujumchi 163 ta uchrashuvda 57 ta gol urgan Tomas Myullerdan o‘zib ketdi.

Undan yuqorida Raul va Kilian Mbappe — 71 tadan, Karim Benzema — 90 ta, Robert Levandovski — 109 ta, Lionel Messi — 129 ta va Krishtianu Ronaldu 140 ta gol bilan joylashgan.

Kiritildi: 04:48 09.09.2026. O'qildi: 572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!