Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xoland "Barselona"ga o‘tish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor

Xoland "Barselona"ga o‘tish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandning "Barselona"ga o‘tishi haqidagi xabarlar yana matbuotda muhokama qilinmoqda.

El Nacional nashrining xabar berishicha, norvegiyalik futbolchining kelajagi Manchester klubining moliyaviy qoidalarni buzgani yuzasidan ko‘rilayotgan ish natijasiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

2027 yil boshida "Manchester Siti" mazkur ish bo‘yicha yakuniy qarorni bilishi kutilmoqda.

Agar klubning sport istiqboliga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan jazo qo‘llanilsa, Xoland jamoasini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ladi.

Biroq transferni amalga oshirish uchun dastlab futbolchining o‘zi "Barselona"ga o‘tishga rozilik bildirishi kerak.

Shundan keyingina Kataloniya klubi transfer strategiyasini ishlab chiqishi va ehtimoliy kelishuv shartlarini belgilashi mumkin.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" Xoland rozilik bildirishi mumkin bo‘lgan klublardan biri hisoblanadi. Ammo hozircha norvegiyalik hujumchi "Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklari bo‘yicha qarorni kutmoqda.

26 yoshli Erling Xolandning transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 220 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:55 14.11.2026. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik