Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xoland APL tarixida faqat Keyn erishgan ko‘rsatkichni takrorladi

Xoland APL tarixida faqat Keyn erishgan ko‘rsatkichni takrorladi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasida o‘ziga xos ko‘rsatkich qayd etdi.

Norvegiyalik forvard APLning 5-turida "Sanderlend"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. "Etixad" stadionida kechgan bahs "Manchester Siti"ning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Xoland 81-daqiqada gol urib, Premyer-ligada o‘zi qarshi o‘ynagan barcha 25 jamoa darvozasini zabt etgan futbolchiga aylandi.

Shu tariqa, u bunday natijaga erishgan APL tarixidagi ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

Avvalroq bu ko‘rsatkich Garri Keynga nasib etgan. Angliyalik hujumchi Premyer-ligada o‘zi to‘qnash kelgan 32 ta jamoaning har biriga gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 10:02 21.09.2026. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik