Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

XJSning Netanyahu va Gallantni hibsga olish buyrug‘iga global reaksiyalar

XJSning Netanyahu va Gallantni hibsga olish buyrug‘iga global reaksiyalar

EIning tashqi siyosat bo‘yicha rahbari Xosep Borrelning so‘zlariga ko‘ra, XJS qarorlari, jumladan, Isroil yetakchilari Netanyaxu va Gallantni hibsga olish orderlari, Rim statutiga a’zo bo‘lgan YEIning barcha 27 a’zo davlati uchun majburiydir.

Argentinaning isroilparast prezidenti Xaver Mileyning aytishicha, mamlakat XJS qaroriga «qo‘shilmaydi», chunki bu «Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini hisobga olmaydi».

Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniyning idorasi hukumat XJSning «jasur va adolatli pozisiyasini» qadrlashini aytdi, shuningdek, urushni to‘xtatishga chaqiriqlarini yangiladi va «barcha erkin mamlakatlarni ushbu qarorni amalga oshirishga» chaqirdi.

Buyuk Britaniya Mehnat partiyasining sobiq rahbari va amaldagi mustaqil qonunchi Jeremi Korbinning aytishicha, hibsga olish uchun orderlar muddati allaqachon o‘tib ketgan.

«Buyuk Britaniya hukumati, nihoyat, genosidning oldini olish va Isroilga qurol sotishni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajaradimi?».

Kiritildi: 22:36 21.11.2024. O'qildi: 1028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!