Xalqaro jinoiy sudi Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlarda ayblanib, hibsga olishga order berdi. Hamas radikal islomiy guruhi yetakchisi Al-Masri va Isroil sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olish uchun orderlar ham berilgan.
XJS bayonotida aytilishicha, Netanyaxu va Galantni hibsga olish orderi «insoniyatga qarshi jinoyatlar va 2023 yil 8-oktabrdan kamida 2024 yil 20 maygacha sodir etilgan urush jinoyatlariga» tegishli. Shu tariqa, Gaaga sudyalari XJS bosh prokurori Karim Xonning may oyida taqdim etgan talabini qanoatlantirdi.
Xon, shuningdek, XAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarni hibsga olish uchun order berishni taklif qildi, biroq u XJS qarorini ko‘rishgacha yashamadi - u Isroil harbiylari tomonidan yo‘q qilindi.
«Hatto Bosh vazir Netanyaxu va XAMAS yetakchisi Sinvarga nisbatan hibsga olish uchun order berish uchun ariza berish ham jinoyatchi va qurbon tushunchalarini bema’nilik bilan almashtirishdir», - dedi avvalroq XDH rahbari Fridrix Merz.
Germaniya hukumati matbuot kotibi Steffen Hebestreit, Netanyaxu aybdor deb topilsa, Germaniyada hibsga olinadimi, degan savolga qisqa javob berdi: «Albatta, biz qonunga amal qilamiz».