Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarning, shuningdek maxsus unvonlarga ega bo‘lgan xodimlarning davlat majburiy sug‘urtasini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjatga muvofiq sug‘urtalovchi quyidagi hollarda sug‘urta to‘lovini amalga oshiradi:
a) prezidentning 13.03.2023 yildagi PF-34-son farmoniga muvofiq sug‘urtalangan shaxs favqulodda (harbiy) holat davrida yaradorlik, kontuziya yoki nogironlik oqibatida halok bo‘lgan taqdirda, naf oluvchilarga (merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etilganda) BHMning 200 baravari miqdorida;
b) sug‘urtalangan shaxs xizmat (yig‘inlar) davrida halok bo‘lgan yoki xizmatdan (yig‘inlardan) bo‘shatilgandan keyin bir yil o‘tmasdan, xizmatni (yig‘inlarni) o‘tash davrida olgan jarohati (kontuziyasi), kasalligi oqibatida vafot etgan taqdirda, BHMning 84 baravari miqdorida (merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma taqdimnomasi bo‘yicha) naf oluvchilarga;
v) sug‘urtalangan shaxsga xizmatni (yig‘imlarni) o‘tash bilan bog‘liq nogironlik belgilanganda, xizmatdan bo‘shatilgandan keyin bir yil o‘tgunga qadar ("b" kichik bandda nazarda tutilgan to‘lovlar miqdoridan):
• I guruh nogironi - 75 foizi,
• II guruh nogironiga - 50 foizi,
• III guruh nogironi – 30 foizi;
g) xizmatni (yig‘imlarni) o‘tash davrida sug‘urtalanganlar og‘ir yarador bo‘lganda - "b" kichik bandda nazarda tutilgan to‘lovlar miqdorining 20 foizi va yengil yarador bo‘lganda - 10 foizi;
d) muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchi, yig‘inlarni o‘tash vaqtida harbiy xizmatga majbur bo‘lgan, shuningdek, maxsus unvonlarga ega bo‘lgan xodimlar sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra keyinchalik xizmatni (yig‘inlarni) o‘tashga yaroqsiz deb topilganda –"b" kichik bandda nazarda tutilgan to‘lovlar miqdorining 10 foizi miqdorida.
Sug‘urtalangan yoki naf oluvchilarga sug‘urta to‘lovi bir yil davomida amal qiladigan sug‘urta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Sug‘urta mukofotini to‘lash chorak boshidan boshlab 15 kalendar kun mobaynida sug‘urtalovchining hisob raqamiga har chorakda umumiy sug‘urta mukofotining 1/4 qismi hisobidan amalga oshiriladi.
Sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalangan yoki naf oluvchilarning bank hisobvarag‘iga (bank kartasiga) pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan yoki qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan amalga oshirilishi mumkin.
Sug‘urta to‘lovlari sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urta mukofoti o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, sug‘urtalovchi barcha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.