Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi

Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi

Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi.

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, Dishan qal’a ham Ichan qal’a singari sayyohlik maskaniga aylantiriladi.

Buning uchun “Shixlar” mahallasidagi 55 ta turar va noturar ob’ektlar boshqa hududlarga ko‘chiriladi.

qal’a devori milliy andozalar asosida qayta tiklanib, atrofida 1,5-2,0 metr hududda yo‘laklar ochiladi.

Dishan qal’a 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon buyrug‘i bilan barpo qilingan. 6200 metr uzunlikdagi devorning 2000 metri butunlay vayron bo‘lgan, 2500 metri yaroqsiz holga kelgan. Uzoq yillar mobaynida devor yaqinida noqonuniy qurilishlar amalga oshirilgani oqibatida qal’a atrofida yurish uchun maydon qolmagan.

Kiritildi: 09:25 21.05.2025. O'qildi: 486 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!