Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

XIV Toshkent xalqaro kinofestivali yopilish marosimida xam an’analarga muvofiq mashhurlar qizil yo‘lakdan o‘tdilar, deb xabar berdi Darakchi.

So‘ng xorijdan kelgan faxriy mehmonlar maxsus mukofot bilan taqdirlandi. Ular yaponiyalik ijodkor Takeshi Kitano va Kshishtof Zanussi.

Ijodkorlar "Jahon kinematografiyasiga qo‘shgan hissasi uchun" nominasiyasida sovrindor bo‘ldi.

Shuningdek kinofestival doirasida o‘tkazilgan "Kino 5kunda" xalqaro tanlovi g‘oliblari kinofestivalning yopilish marosimida e’lon qilindi

Unga kura:

1-o‘rin: Temur Murodov boshchiligidagi ijodiy guruh "Kaseta" qisqa metrajli filmi uchun 15 ming AQSh dollari pul mukofoti (O‘zbekiston)

2-o‘rin: Nariman Taktakulova va uning ijodiy jamoasi "Tuproq" qisqa metrajli filmi uchun 10 ming AQSh dollari pul mukofoti (Qirg‘iziston)

3-o‘rin: Feliks Kalmenson va uning ijodiy jamoasi "Quyosh uchun qo‘shiq" filmi uchun 7 ming AQSh dollari pul mukofoti (Kanada).

Ma’lumot uchun: tanlov dasturida 1500 nafardan ortiq yosh kinoijodkorlar, dunyoning 19 yetakchi kino maktabi vakillari ishtirok etdi.

Shundan so‘ng Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduholiqov XIV Toshkent xalqaro kinofestivalini rasman yopiq deb e’lon qildi.

Kiritildi: 09:13 19.09.2022. O'qildi: 2043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!