Xitoy o‘zining oltinchi avlod yangi qiruvchi samolyotini ilk bor sinovdan o‘tkazdi.
Samolyotning aniq xususiyatlari oshkor rasman etilmadi. Ommaviy axborot vositalari qiruvchi samolyot quyidagi xususiyatlarga egaligini taxmin qilmoqda:
- ilg‘or yashirin va avionika tizimlari;
- real vaqtda jangovar holatlarda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va qarorlar qabul qilishni yaxshilashga yordam beradigan sun’iy intellektning integrasiyasi;
- dronlar bilan muvofiqlashtirish;
- uzoq masofali gipertovushli qurollarni tashish imkoniyati;
- uzoq masofalardagi tahdidlarni aniqlash va zarba berishga qodir zamonaviy radar tizimlari;
- yo‘naltirilgan energiya qurollari yoki kelajakdagi raketa tahdidlaridan himoya qilish uchun boshqa ilg‘or qarshi choralar.