Pan erkaklar o‘rtasida 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha finalda 46,40 soniya natija bilan g‘alaba qozondi
Xitoylik suzuvchi Pan Chjanle chorshanba kuni erkaklar o‘rtasida 100 metrga erkin usulda suzishda Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritish uchun jahon rekordini yangiladi.
Parijdagi La Defense Arenada bo‘lib o‘tgan finalda 19 yoshli Pan 100 metr masofani 46,40 soniyada suzib o‘tib, o‘zining jahon rekordini yangiladi. Bu Parij-2024ning suzish bo‘yicha birinchi jahon rekordi bo‘ldi.
Fevral oyida Dohada Pan 46,80 soniya bilan avvalgi jahon rekordini ham o‘zi o‘rnatgan edi.