Xitoylik olimlar Janubiy Afrikadagi tadqiqot natijalarini e’lon qilishdi. Unga ko‘ra, koronavirusning yangi turi – NeoCoV aniqlangan. Uxan universiteti tadqiqotchilari Janubiy Afrikada ko‘rshapalaklarda virusning yangi turini aniqladilar.
Bu MERS-CoVning eng yaqin «qarindoshi» bo‘lib, hujayralarga kirib borish tamoyillari SARS-CoV-2ga o‘xshaydi va odamlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Virus hayvonlar orasida tarqaladi, inson tanasi bilan o‘zaro ta’sir qilish uchun ma’lum bir mutasiyaga muhtoj.
«Uning membranasining asosiy qismida yagona mutasiyaning paydo bo‘lishi virusning inson hujayralariga faol kirib borishiga imkon beradi va MERS-CoV va SARS-CoV-2 antitanachalari ta’siriga tushmaydi», - deyiladi xabarda.
Biologlarning ta’kidlashicha, kelajakda mutaxassislar virusning variantini, uning odamlarga ta’sirini va tarqalishini diqqat bilan o‘rganishi kerak.