Bugun 2 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat tartibi qachon kuchga kirishi aytildi

Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat tartibi qachon kuchga kirishi aytildi

O‘zbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkinligi, tegishli bitim ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolangani xabar qilingandi.

TIV O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida O‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim imzolanishiga doir qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rtasidagi kelishuvga asosan, 2024 yil 1 dekabr kuni Chendu shahrida ikki davlat tashqi ishlar vazirlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.

Mazkur xalqaro shartnoma O‘zbekiston va Xitoy fuqarolarining ikki davlat hududlariga o‘zaro vizasiz safar qilishlariga doir masalalarni tartibga soladi.

Bitimga muvofiq, O‘zbekiston va Xitoy fuqarolari ikki davlat hududlariga kirish, undan chiqish yoki tranzit qilish uchun 30 kungacha muddatga viza talablaridan ozod qilinadi.

Mazkur xalqaro shartnoma tomonlar zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini bajarganidan so‘ng kuchga kiradi, deyiladi TIV xabarida.

Kiritildi: Bugun 14:43. O'qildi: 328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!