Xitoy janubi-g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 126 kishiga yetdi.
Bu haqda Xinhua agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 188 kishi jarohatlangan.
Avvalroq 95 kishi halok bo‘lgani va 130 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi. Sohu ma’lumotlariga ko‘ra, 3609 ta uy qulagan.
Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni ertalab Nepal bilan chegaraga yaqin Tibet avtonom viloyatining Tingri okrugida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.