Xitoy shimolidagi Chjanszyakou shahri sabzavot bozorida yong‘in chiqishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi.
«Shanba kuni Syaosi tumanidagi bozorda yong‘in chiqishi 8 kishining o‘limiga, 15 kishining jarohatlanishiga olib keldi», — deyiladi Sinxua xabarida.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan tonggi soat sakkizlarda o‘chirilgan. Favqulodda xizmatlar va o‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga tez yetib kelib, bir soat ichida yong‘inni bartaraf etishgan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga joylashtirilgan.