Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoydagi 11 million kishi yashaydigan shahar yopib qo‘yildi

Xitoydagi 11 million kishi yashaydigan shahar yopib qo‘yildi

6 yanvardan boshlab Xitoyning shimoliy Hebey provinsiyasida joylashgan Shijiazhuang shahriga kirib chiqish taqiqlandi va bu shahardagi barcha maktablar yopildi. Bunga ushbu shaharda koronavirus holatlari ko‘paygani sabab bo‘lgan.

Chorshanba kuni Shijiazhuang shahriga olib boruvchi o‘nta katta magistral yo‘l yopildi va shahar tashqarisida virus tarqalishining oldini olish maqsadida avtobus terminalining faoliyati ham to‘xtatildi. Ushbu shahar poytaxt Pekindan 300 kilometr janubda joylashgan bo‘lib, unda 11 milliondan ko‘proq aholi yashaydi.

Shijiazhuangda so‘nggi bir necha kun ichida 117 kishining koronavirusga chalingani aniqlangan bo‘lib, ularning 78 nafarida kasallik alomatlari sezilmagan. Bu esa shahar bo‘ylab keng miqyosdagi tekshiruvlarni boshlashga turtki bo‘ldi.

Shijiazhuangdagi Xiaoguozhuang tumani «yuqori xavfli» hudud deb tasniflangan va batamom berkitib qo‘yilgan. Sog‘liqni saqlash organlarining aytishicha, ushbu tumandagi 40 ming kishining barchasi virus tekshiruvidan o‘tgan.

Dunyoning boshqa mamlakatlaridan farqli o‘laroq Xitoy qa’tiy cheklovlar orqali koronavirus tarqalishini nazoratga olishga muvaffaq bo‘lgandi. Lekin, yaqin vaqtlarda mamlakatning bir necha hududlarida virus avj olishi holatlari kuzatilmoqda. Bu virus tarqalgan hududlarda aholini ommaviy tekshiruvdan o‘tkazish va cheklovlar o‘rnatilishiga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 18:38 07.01.2021. O'qildi: 3607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!