Xitoyda ilk bor o‘ta xavfli SAT1 turidagi virus shtammi aniqlandi — kasallik Rossiyaning chegara hududlarida tarqalmoqda.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Sinszyan va Gansu hududlarida 6 mingdan ortiq chorva orasida 219 ta holat qayd etilgan. Yangi SAT1 turi mamlakatda avval uchramagan bo‘lib, mavjud vaksinalar unga qarshi samarasiz. Hukumat hayvonlarni ommaviy yo‘q qilish va dezinfeksiya ishlarini boshlagan. Sinszyan Rossiyaning Oltoy hududi bilan chegaradosh bo‘lib, u yerda ham shunga o‘xshash holatlar kuzatilgan, Novosibirsk viloyatida esa avvaldan favqulodda holat joriy etilgan.