Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoyda o‘qituvchi savollariga javob berolmagan o‘quvchini kaltakladi. Qiz vafot etdi

Xitoyda o‘qituvchi savollariga javob berolmagan o‘quvchini kaltakladi. Qiz vafot etdi

Xitoyda Sichuan viloyatidan kelgan matematika o‘qituvchisi savollarga noto‘g‘ri javob bergani uchun boshlang‘ich maktab o‘quvchisini o‘rib o‘ldirdi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

10 sentyabr kuni Xitoyda o‘qituvchilar kuni nishonlandi. O‘n yoshli qiz maktabga o‘qituvchilarini, shu jumladan matematika o‘qituvchisini tabriklash uchun gullar bilan keldi.

Biroq, uning darsida u ikkita savolga javob berolmadi. Noto‘g‘ri javoblar uchun jazo sifatida o‘qituvchi qizni tizzasiga o‘tirg‘izdi va quloqlaridan tortib, boshiga ura boshladi. Keyinroq o‘sha o‘quvchi qizning egizak singlisi aytganidek, qiz jazo paytida o‘rnidan turolmadi. U o‘z joyiga faqat sinfdoshlari yordamida o‘tira oldi.

Uch soatdan keyin o‘qituvchi bolaning buvisini chaqirib, o‘zini yomon his qilayotganligi sababli uni maktabdan olib ketishni iltimos qildi. Ayol maktabga kelganida, nevarasi gapira olmayotganini ko‘rdi. Qizni kasalxonaga olib borishdi va o‘quvchi vafot etdi.

Buvisining so‘zlariga ko‘ra, qiz bu o‘qituvchining darslariga borishdan juda qo‘rqardi, chunki u ko‘pincha jismoniy jazoni qo‘llagan.

Kiritildi: 09:51 19.09.2020. O'qildi: 2565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!