Yanvar-iyun oylarida Xitoyda sodir bo‘lgan yong‘inlardan ko‘rilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moddiy zarar 4,08 milliard yuanni (mamlakat Markaziy bankining joriy kursi bo‘yicha 570 million dollardan ortiq) tashkil etdi.
Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi milliy yong‘in xavfsizligi va qutqaruv boshqarmasi strategik va huquqiy masalalar bo‘limi katta menejeri Lyu Sziyan ma’lum qildi.
Uning matbuot anjumanida ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 9,3 foizga kam. “Xitoyda so‘nggi olti oy ichida jami 552 ming yong‘in qayd etilgan. Ularning soni amalda bir xil darajada saqlanib qolgan”, — deya qo‘shimcha qildi rasmiy. "1084 kishi halok bo‘ldi, yana 1149 kishi jarohat oldi."
Lyu Sziyanning ta’kidlashicha, Xitoyda olti oy davomida sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 6,2 foizga va 16,9 foizga kamaygan. Uning ta’kidlashicha, mamlakatdagi yong‘inlar birinchi navbatda elektr jihozlarining nosozligi, uyda yong‘inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish, chekish va nazorats iz yong‘in manbalari sabab bo‘lgan.