Xitoyning texnologiya kompaniyalari ommaviy bozorga mo‘ljallangan arzon robot-it modellarini ishga tushirdilar, deb xabar beradi Yicai Global.
23 dekabrda Vita Dynamics startapi o‘zining birinchi to‘rt oyoqli roboti Big Head Boboni taqdim etdi, uning narxi 9 988 yuan (1421 dollar) bo‘ldi. Dastlabki savdo kunida buyurtmalar 10 million yuandan (1,4 million dollar) oshdi. Shu kuni Shenchjen shahrida joylashgan Dobot kompaniyasi qiymati 7 499 yuan (1066 dollar) bo‘lgan Rover X1 modelining oldindan sotuvini boshladi.
Big Head Bobo egasiga sayrlar davomida hamrohlik qilishi, odamlar bilan ovozli muloqot olib borishi, suratga olishi va yengil yuklarni tashishi mumkin. Rover X1 esa ham xususiy foydalanuvchilarga, ham korporativ mijozlarga mo‘ljallangan.
Vita Dynamics kompaniyasi asoschilaridan biri Chjao Chjelunning so‘zlariga ko‘ra, Big Head Boboning ommaviy ishlab chiqarilishi kelasi oyda boshlanadi, keng ko‘lamli yetkazib berishlar esa mart oyidan kutilmoqda. Kompaniya loyihaning o‘zini qoplash nuqtasini taxminan 50 mingta qurilma sotilishi bilan bog‘lamoqda.