Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda pora olgan mansabdor o‘limga hukm qilindi

Xitoyda pora olgan mansabdor o‘limga hukm qilindi

Xitoyning Guandun provinsiyasidagi Umumxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi sobiq raisining o‘rinbosari Chen Szisin pora olishda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Xitoy sudi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chen Szisin 2012-2022 yillar davomida o‘zi yoki vositachilar orqali fuqarolardan noqonuniy "sovg‘alar" olib kelgan. Aybdor o‘z jinoyatiga chin dildan afv so‘rab, mol-mulkining katta qismini qaytarib bergan. Sud bu holatni inobatga olgan holda, o‘lim jazosini biroz kechiktirgan.

Shuningdek, ta’sir o‘tkazib pora olish jinoyati uchun, mahkumga 200 ming yuan miqdorida jarima belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Markaziy banki raisining sobiq o‘rinbosari Fan Yifei pora bilan qo‘lga tushib, shartli o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!