Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoyda kuchli yomg‘irlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda kuchli yomg‘irlar oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi

Suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlarga qutqaruv guruhlari va gumanitar yordam yuborildi.

Xitoyda davom etayotgan yog‘ingarchilik va kuchli livenlar oqibatida sodir bo‘lgan tabiiy ofatlar natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi China Global Television Network (CGTN) telekanali.

Poytaxt Pekinda yomg‘irlar kundalik hayotga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Miyun tumanida 28 kishi, Yansin tumanida esa yana 2 kishi halok bo‘lgan.

Yomg‘irlar yo‘llarga zarar yetkazdi, ayrim hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Poytaxtda toshqinlarni nazorat qilish ishlari faollashtirilgan va qidiruv-qutqaruv operasiyalari olib borilmoqda. Shuningdek, zarar ko‘rgan hududlarga qutqaruv guruhlari hamda gumanitar yordam yetkazib berilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 80 332 nafar aholi evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 13:55 29.07.2025. O'qildi: 734 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!