Xitoyda kuchli yomg‘irlar oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi, yana 19 kishi bedarak yo‘qoldi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
«Xitoyning janubi-g‘arbiy qismida joylashgan Chunsin munisipalitetining Yunchuan tumanida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi va yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda... Bundan tashqari, xuddi shu munisipalitetning Beybey tumanida ham yog‘ingarchilikdan so‘ng ikki kishi bedarak yo‘qoldi», — deyiladi xabarda.
Ayni paytda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishga ko‘maklashish va vaziyatni baholash uchun jabrlangan hududlarga maxsus ishchi guruh yuborilgan.