Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoyda ko‘chki oqibatida sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi

Xitoyda ko‘chki oqibatida sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi

Yakshanba kuni Xitoyning markaziy qismidagi Xunan viloyatidagi qishloqda ko‘chki sodir bo‘ldi, oqibatda sakkiz kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Yakshanba kuni soat 4:30 atrofida Xuayxua shahar okrugining Sinxuan-Dun avtonom uyezdining Dousi qishlog‘ida ko‘chki sodir bo‘ldi, oqibatda to‘rtta turar-joy binosi qulab tushdi va sakkiz kishi bedarak yo‘qoldi.

Qidiruv-qutqaruv operasiyasi davomida yakshanba oqshomiga qadar barcha bedarak yo‘qolganlar topildi, ulardan hech biri omon qolmagan, deya aniqlik kiritdi telekanal.

Tabiiy ofat yuz bergan hududda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi report.az.

Kiritildi: 10:35 25.06.2024. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!