Xitoyda quvvati 1 GVt bo‘lgan ulkan ofshor QES foydalanishga topshirildi. Stansiya 2934 ta fotoelektr platformadan iborat bo‘lib, har biri 60×35 metr o‘lchamga ega va dengiz tubiga o‘rnatilgan poydevorlarga joylashtirilgan.
Mutaxassislarga ko‘ra, QESni dengizga chiqarishga sabab — Xitoyning sharqiy va janubi-sharqiy hududlarida aholi juda zich joylashgani. Ofshor stansiyalar yer tanqisligi muammosini hal qilish hamda uzoq masofali elektr uzatish tarmoqlariga muqobil yechim sifatida qaralmoqda.