Bu haqda Hurun biznes nashri reytingiga asoslanib Financial Times xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Xitoyda 1185 dollarlik milliarder bo‘lgan bo‘lsa, hozir ularning soni 753 taga yetdi. Bu o‘zgarish yuanning dollarga nisbatan 10 foizga pasayib borayotgani fonida sodir bo‘ldi.
Reyting shuningdek, Xitoyning eng boy odamlari tarkibida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rsatdi:
- Lider birinchi marta ByteDance asoschisi (Tik Tok egasi) Chjan Iming bo‘ldi, uning boyligi 49,3 milliard dollar.
- Birinchi uchlikka suv ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyasi rahbari Chjung Shanshan (47,9 milliard dollar) va Tencent kompaniyasidan Ma Xuaten kirdi.
- Alibaba asoschisi Jek Ma va uning oilasi 23,2 milliard dollar boyligi bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.