Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoyda AQSh sanksiyalari tufayli Sputnik va RT akkauntlari bloklandi

A A A
Xitoyda AQSh sanksiyalari tufayli Sputnik va RT akkauntlari bloklandi

Xitoyning TikTok videoxostingi Rossiyaning Sputnik va RT International nashrlari akkauntlarini blokladi. RT nashrining yozishicha, Sputnik International, Sputnik Serbia, Sputnik Afrique, Sputnik Africa, Sputnik Brasil, Sputnik Mundo va Sputnik Indonesia ham o‘chirilgan.

Ushbu akkauntlarga o‘tishga uringanda «Bunday akkauntlarni topib bo‘lmayapti», degan yozuv chiqadi. TikTok akkauntlarning bloklanishiga izoh bermadi.

Sentyabr oyi boshida Qo‘shma Shtatlar Sputnik asoschisi sifatida ko‘rsatilgan «Rossiya segodnya» media guruhi va uning rahbari Dmitriy Kiselevga qarshi sanksiyalar kiritgan edi. RT va uning bosh muharriri Margarita Simonyan ham cheklovlarga duchor bo‘lgan. 17 sentyabr kuni RT va «Rossiya segodnya» akkauntlari Instagram, Facebook va Threads ijtimoiy tarmoqlari hamda WhatsApp messenjeriga egalik qiluvchi Meta korporasiyasi tomonidan o‘chirib tashlandi.

AQSh Davlat departamenti AQSH, Buyuk Britaniya va Kanada RT kanaliga qarshi diplomatik kampaniya olib borayotganini ma’lum qildi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya ommaviy axborot vositalarining bloklanishini «qabul qilib bo‘lmas» deb atadi.

Kiritildi: 00:25 23.09.2024. O'qildi: 1248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!