AQShning Xitoyning texnologik o‘sishini cheklashga urinishlari va buning natijasida ikki davlat o‘rtasidagi keskin munosabatlar Apple mahsulotlarining narxini oshirishi mumkin.
Bu haqda Bloomberg yozmoqda.
Nashrning yozishicha, bunga Xitoydan boshqa Osiyo mamlakatlariga Amerika mahsulotining qisman eksport qilinishi sabab bo‘lmoqda.
Maqolada ta’kidlanishicha, bugungi kunda ishlab chiqaruvchilar, tashuvchilar va brendlar "kam rivojlangan joylarda" ishlab chiqarish bilan "bardosh berishga" harakat qilmoqdalar.
“Global yetkazib berish zanjirining parchalanishi Applening keng iste’molchi bazasi uchun narxlarning oshishiga tahdid soladi”, — deyiladi nashrda.