Xitoyda 200 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lib, ularning bir qismi Ukrainadagi urushda qatnashmoqda — Reuters.
Agentlikning uchta Yevropa razvedka xizmati ma’lumotlari va tegishli hujjatlarga tayanib xabar berishicha, asosan dronlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan ushbu mashg‘ulotlar Rossiya va Xitoy o‘rtasida 2025 yil iyul oyida tuzilgan ikki tomonlama kelishuv asosida bir nechta harbiy bazalarda bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, mazkur shartnoma Rossiyada yuzlab xitoylik harbiylarning tayyorgarlikdan o‘tishini ham nazarda tutadi.