"Huawei" kompaniyasi dunyodagi birinchi "Harmony OS" operasion tizimida ishlovchi stol kompyuterini yaratishni yakunladi. "Huawei Central" ixtisoslashgan portali yozishicha, uning taqdimoti 2025 yil may oyida bo‘lishi kutilmoqda.
"Harmony OS" — bu "Huawei"ning ekotizimli operasion tizimi bo‘lib, uning taqdimoti 2019 yil avgust oyida bo‘lib o‘tgan. Ilk bor u faqat smart-televizorlar uchun mo‘ljallangan edi, ammo "Huawei" boshidanoq ushbu tizimni barcha aqlli qurilmalariga o‘rnatish maqsadini ko‘zlagan.
Hozirda "Huawei" ushbu tizim asosida faqat televizorlargina emas, balki smartfonlar ham ishlab chiqarmoqda, ammo hozircha u faqat Xitoyda talabga ega.