Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy Xalq Respublikasining maxsus vakili Li Xuey: "Ukraina inqirozini bir kunda hal qilib bo‘lmaydi"

Xitoy Xalq Respublikasining maxsus vakili Li Xuey: "Ukraina inqirozini bir kunda hal qilib bo‘lmaydi"

Ukrainadagi inqirozni bir kechada hal qilib bo‘lmaydi. Bu haqda Xitoy hukumatining Yevroosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey Janubiy Afrikaning The Star gazetasi va Indoneziyaning Kompas nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Ba’zi davlatlar mojaroga sovuq urush nuqtai nazaridan qaraydilar, bloklar qarama-qarshiligini qo‘zg‘atadilar, bu inqirozni hal qilishga yordam bermaydi" - dedi u.

Xitoy, deya qo‘shimcha qildi Li Xuey, keskinlikni pasaytirish jarayoni va muzokaralarga hissa qo‘shadigan ishlarni qilishga tayyor.

Avvalroq XXR raisi Si Szinpin Xitoy Ukrainadagi inqirozni yangi sovuq urushni qo‘zg‘atish uchun bahonaga aylantirishga qarshi ekanini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u Fransiya hukumati va Yevropa Ittifoqi rahbariyatini Ukraina masalasini hal qilish bo‘yicha tinch muzokaralarni boshlash uchun sharoit yaratishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:30 08.08.2024. O'qildi: 1093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!