Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp Eron bilan sulh tuzilganini e’lon qilmoqchi

Tramp Eron bilan sulh tuzilganini e’lon qilmoqchi

Shanba kuni kutilayotgan muhim bayonotda Tramp Eron bilan sulh tuzilganini e’lon qilishi mumkin, deb yozmoqda Isroil telekanali.

Donald Tramp shu shanba kuniyoq Eronda o‘t ochishni to‘xtatish haqida e’lon qilishi kutilmoqda.

12-kanal tarqatgan xabarda aytilishicha, AQSh va Eron o‘rtasida yakuniy va batafsil kelishuvlarga erishilmagan taqdirda ham, bunday bayonot berilishi ehtimoldan xoli emas.

​Telekanal manbalariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida aniq bir shartnoma imzolanishi imkoni past bo‘lsa-da, umumiy kelishuvga erishish ehtimoli yuqori. Shu sababli, Isroil bunday ssenariyga tayyor turishi kerakligi aytilmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!