Xitoyda «Markaziy Osiyo — Xitoy» formatida ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tomonlar xavfsizlikni ta’minlash, transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif doirasida vazirlik rahbarlari Fuchjou shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash va ularning kasbiy malakasini oshirishga mo‘ljallangan o‘quv markazining ochilish marosimida ham ishtirok etdi.