Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoy va Janubiy Koreya prezidentlari selfiga tushdi

Xitoy va Janubiy Koreya prezidentlari selfiga tushdi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon Xitoyga tashrifi chog‘ida Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi va suratga tushdi.

Qayd etilishicha, ushbu selfi Xitoy yetakchisi Janubiy Koreya prezidentiga sovg‘a qilgan Xiaomi smartfonida olingan.

Li Chje Myon bu suratni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilib, uni "esda qolarli kadr" deb atagan.

"Biz bir-birimizga qanchalik yaqinlashsak, Koreya-Xitoy munosabatlari shunchalik iliqlashadi. Kelajakda biz tez-tez muloqot qilamiz va faolroq hamkorlik qilamiz," - deb yozdi Janubiy Koreya prezidenti.

Kiritildi: 22:27 06.01.2026. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!