Bugun 26 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Xitoy va Germaniya Ukrainada mojaroni BMT Nizomi asosida tugatishni qo‘llab-quvvatladi

Xitoy va Germaniya Ukrainada mojaroni BMT Nizomi asosida tugatishni qo‘llab-quvvatladi

Germaniya kansleri Fridrix Mers va Xitoy raisi Si Szinpin Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish va barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Sinxua agentligi xabar qilishicha, qo‘shma bayonotda mojaroni hal etish Organizasiya Ob’edinyonnix Nasiy Nizomi va xalqaro huquq tamoyillari asosida amalga oshirilishi kerakligi ta’kidlangan.

Tomonlar global hamkorlikning asosi sifatida BMT Nizomi tamoyillarini e’tirof etishini qayd etdi. Shuningdek, ular ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlash, ko‘p tomonlama yondashuvga amal qilish va erkin savdo tamoyillarini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuvda iqtisodiy hamkorlik, iqlim tashabbuslari, “yashil” o‘tish jarayoni, shuningdek madaniy va gumanitar almashinuvlarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Germaniya “yagona Xitoy” siyosatini tasdiqladi. Ikki davlat iqtisodiy va texnologik masalalarni muloqot orqali hal etish, uzoq muddatli, muvozanatli va barqaror munosabatlarni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.

Kiritildi: 21:30 25.02.2026. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!