Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy va AQSh rahbarlari Peruda uchrashmoqchi

Xitoy va AQSh rahbarlari Peruda uchrashmoqchi

15-16 noyabr kunlari Peru poytaxti Lima shahrida Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) davlatlari rahbarlarining 31-norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda Xitoy va AQSh rahbarlari ishtirok etadi. Bu haqda RFI xabar berdi.

AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeykob Sallivan 13 noyabr, chorshanba kuni AQSh prezidenti Jozef Bayden Peru poytaxti Lima shahrida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashishini ma’lum qildi.

Sallivan uchrashuv sanasini tasdiqlamadi, ammo ularning uchrashishi mumkinligi haqidagi taxminlar mavjud.

Bu Bayden va Si Szinpinning 2023 yil noyabridan beri birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi.

Tomonlar qator global muammolarni, jumladan, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi taranglikni, shuningdek, Tayvan bo‘g‘ozi, Janubiy Xitoy dengizi va Rossiya-Ukraina urushi kabi masalalar yuzasidan keskinlikni yumshatishga qaratilgan sa’y-harakatlarni muhokama qilishi kutilmoqda.

Kelgusi yilning yanvar oyida AQShning saylangan prezidenti Tramp rasman lavozimga kirishar ekan, bu Bayden va Si o‘rtasidagi uning faoliyati davomidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda.

Tramp Xitoyga qo‘shimcha bojlar joriy qilishni rejalashtirmoqda. Shu bois, ayrim ekspertlarning fikricha, Bayden AQSH-Xitoy sammiti orqali ikki tomonlama munosabatlarni barqarorlashtirishga, shu orqali hokimiyatning silliq o‘tishini rag‘batlantirishga umid qilmoqda.

Kiritildi: 17:52 15.11.2024. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!