AQSh bilan savdo urushi doirasida Xitoy hukumati o‘z aviakompaniyalariga Boeing samolyotlari, shuningdek, ular uchun uskunalar va ehtiyot qismlarni sotib olishni taqiqladi.
Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Xitoy hukumati Boeing samolyotlarini ijaraga olgan aviakompaniyalarga yordam berish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. 10 ga yaqin Boeing 737 Max samolyotlari Xitoy aviakompaniyalari parkiga yetkazib berish uchun tayyorlanmoqda.
Avvalroq, AQSh Xitoydan keladigan tovarlarga umumiy bojni 145 foizgacha oshirgan edi. Amerika ma’muriyatining proteksionistik harakatlariga javoban Xitoy 12 aprel kuni AQSh tovarlariga boj to‘lovlarini 84 foizdan 125 foizga oshirdi.