Bugun 15 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy Trampning ayblovlarini rad etdi

A A A
Xitoy Trampning ayblovlarini rad etdi

Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili Lyu Penyuy AQShning saylangan rahbari Donald Trampning Pekin AQShga fentanil yetkazib berishda yordam berayotgani haqidagi ayblovlarini rad etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu fikrlar faktlar va haqiqatga mutlaqo ziddir.

"Xitoy tomoni AQSh manfaatlariga daxldor giyohvand moddalar bilan bog‘liq huquqni muhofaza qilish operasiyalarining borishi haqida AQShga ma’lumot berdi. Xitoy AQShning ma’lum ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni tekshirish haqidagi so‘rovlariga javob berdi va zarur choralarni ko‘rdi," - deya diplomatning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.

Shu bilan birga, u ikki mamlakatning giyohvand moddalarga qarshi kurash sohasidagi hamkorligini tiklash XXR raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Jo Bayden o‘rtasida 2023 yilda San-Fransiskoda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda erishilgan muhim kelishuvlardan biri bo‘lganini ta’kidladi.

Kiritildi: 09:09 26.11.2024. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!